Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 366–369-betlar
O‘QUV JARAYONIDA KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA TIZIMLI FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
SAMATOVA, SHOHSANAM
DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-080 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘quv jarayonida kognitiv yondashuv asosida talabalarda tizimli fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Tizimli fikrlash – bu murakkab axborotni tahlil qilish, uni mantiqiy va bog‘liqlikda ko‘ra olish, muammolarni aniqlash va ularni yechishga yo‘naltirilgan kognitiv faoliyatdir. Kognitiv yondashuv orqali talabalarning aqliy salohiyati, muammoga yondashish uslublari, qaror qabul qilish va reflektiv fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi. Maqolada kognitiv yondashuvga asoslangan o‘quv metodlari, mashg‘ulot dizayni va didaktik vositalar orqali tizimli fikrlashni rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Muallif ushbu jarayonni amaliy jihatdan samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sharoitlar va texnologiyalarni ham ochib beradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.