Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 412–417-betlar
XXI ASRDA ILM-FAN TARAQQIYOTINING ASOSIY TENDENSIYALARI VA XUSUSIYATLARI
XADJIMATOV, BAHXTIYOR
DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-091 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
XXI asrda ilm-fan taraqqiyoti insoniyat hayotining barcha jabhalariga chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Sun’iy intellekt, avtomatizatsiya, biotexnologiyalar, raqamli ta’lim, yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish kabi yo‘nalishlar zamonaviy ilm-fanning asosiy tendensiyalariga aylangan. Bu jarayonlar nafaqat texnik yutuqlarni, balki axloqiy, ijtimoiy va madaniy mas’uliyatni ham talab qilmoqda. Ilm-fan taraqqiyoti jamiyatning innovatsion salohiyatini oshirish, inson salomatligini yaxshilash, ekologik muammolarga yechim topish va ta’lim sifatini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston misolida, raqamli transformatsiya, ekologik innovatsiyalar, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro ilmiy hamkorlik orqali bu tendensiyalar amaliy shaklga kirib bormoqda. XXI asr ilm-fani – bu faqat texnologik yutuqlar emas, balki insoniyat kelajagini shakllantirishga xizmat qiluvchi kompleks ijtimoiy-huquqiy va madaniy harakatdir.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.