Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 516–520-betlar
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLARNING E. HEMINGUEY VA S. AHMADNING BADIIY MATNLARIDA FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
BOZOROVA, O‘G‘ILOY
DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-113 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada ergashgan qo‘shma gaplarning funksional-semantik xususiyatlari E. Heminguey va S. Ahmadning badiiy matnlari misolida tahlil qilinadi. Adabiy asarlarda ergashgan qo‘shma gaplar matnning badiiy ifodaviyligini, g‘oya va mazmunning mantiqiy izchilligini ta’minlashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Hemingueyning ingliz tilida yaratilgan hikoya va romanlarida hamda S. Ahmadning o‘zbek adabiyotidagi asarlarida qo‘llanilgan ergash gaplar sintaktik qurilish, semantik yuklama va funksional imkoniyatlari jihatidan qiyosiy o‘rganiladi. Tahlil jarayonida yozuvchilarning uslubiy mahorati, jumla qurilishidagi iqtisodiylik va ixchamlik (Heminguey ijodida), shuningdek, xalqona ohang va milliy badiiy an’analarga tayanish (S. Ahmad asarlarida) alohida yoritiladi. Maqola natijasida ergashgan qo‘shma gaplarning matndagi estetik vazifasi, uslubiy xoslanishi va ularning adabiy nutqda tutgan o‘rni aniqlanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.