Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 571–575-betlar
YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR AXLOQINI ME’YORLASHTIRISHNING ASOSIY OMILLARI
TOXIROV, ABDUMALIK
DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-124 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston davrida yoshlar axloqini me’yorlashtirish jarayonining asosiy omillari tizimli ravishda tahlil qilingan. Jumladan, davlatning yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, ta’lim va tarbiya tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning takomillashuvi, oilaning tarbiyaviy ta’siri, mahalla va fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi kabi omillarning axloqiy me’yorlarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, global axborot maydonidagi tezkor o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri ham tahlil etilib, ularning ijobiy va salbiy jihatlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalarida yoshlar axloqini mustahkamlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish, ma’naviy immunitetni rivojlantirish, shuningdek, davlat va jamiyatning uzviy hamkorligini kuchaytirish zarurligi asoslab beriladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.