Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 617–623-betlar
TIL VA MADANIYATNING O‘ZARO MUNOSABATI
JO‘RAQULOVA, RAYHON
DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-134 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Til va madaniyat o‘zaro chambarchas bog‘liq hodisalardir. Til jamiyatning ijtimoiy hayoti, qadriyatlari, an’analari va urf-odatlarini ifodalovchi vosita sifatida xizmat qiladi. Madaniyat esa til orqali shakllanadi, rivojlanadi va keyingi avlodlarga yetkaziladi. Til insonning dunyoqarashini belgilab, madaniyatni anglash va tushunishga imkon yaratadi. Shu bilan birga, madaniyat tildagi so‘z boyligi, iboralar, metaforalar hamda ramzlar orqali ifodalanadi. Til va madaniyatning o‘zaro ta’siri milliy tafakkur, mentalitet va ijtimoiy ong shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli ularni alohida emas, balki yaxlit tizim sifatida o‘rganish dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqolada til va madaniyatning bir-birini boyituvchi, mustahkamlovchi hamda jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etuvchi jihatlari tahlil qilinadi. Lingvomadaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan yondashish esa til va madaniyatning uzviy bog‘liqligini yanada chuqurroq ochib berishga xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.