Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 632–638-betlar
INGLIZ TILIDAGI HALOL MAHSULOTLAR REKLAMA SLOGANLARIDA SO‘Z O‘YINLARINING PRAGMATIK JIHATLARI
MELIYEVA, ULBEKA
DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-137 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz tilidagi halol mahsulotlar reklama shiorlarida qo‘llanilgan so‘z o‘yinlari va ularning pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Halol mahsulotlar, avvalo, musulmon iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni targ‘ib qilishda madaniy, diniy va ijtimoiy qadriyatlar alohida e’tiborga olinadi. Reklama matnlarida so‘z o‘yinlari mahsulot sifatini ta’kidlash, auditoriya bilan hissiy aloqani mustahkamlash va brendni ajratib ko‘rsatishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Maqolada halol mahsulotlar reklamasida pragmatik yondashuvlar va so‘z o‘yinlaridan foydalanish orqali yuqori darajadagi ta’sirga erishish imkoniyatlari yoritilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.