Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 639–644-betlar

XALQ AMALIY SAN’ATI NAMUNALARI ORASIDA KIGIZ MAHSULOTLARINING TUTGAN O‘RNI (SURXON VOHASI MISOLIDA)

NARBAYEVA, DILOVAR

DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-138 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada xalq amaliy san’ati namunalari orasida keng qo‘llanilgan kigiz mahsulotlarining Surxon vohasidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda hududga xos tarixiy-ma’naviy an’analar, hunarmandchilik maktablari hamda kigiz tayyorlash texnologiyalari yoritilib, ularning maishiy hayotdagi, marosimlarda va bezak san’atidagi roli ochib berilgan. Shuningdek, Surxon vohasida yig‘ilgan etnografik ma’lumotlar asosida kigiz mahsulotlarining funksional va badiiy xususiyatlari o‘rganilgan. Maqola xalq amaliy san’atini asrab-avaylash, qayta tiklash va zamonaviy dizaynda qo‘llash istiqbollarini ko‘rsatib beradi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.