Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 687–690-betlar
MA’LUMOTLARNI INTELLEKTUAL TAHLIL QILISH USULLARI: MASHINAVIY O‘QITISH, CHUQUR O‘RGANISH VA BASHORAT MODELLARI TAHLILI
Xo'jayev, Otabek, RO‘ZMETOVA, ZILOLA
DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-147 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishning zamonaviy usullari — mashinaviy o‘qitish, chuqur o‘rganish va bashorat modellarining nazariy hamda amaliy asoslari tahlil qilindi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor yig‘ish ularni samarali qayta ishlash va kelajakdagi tendensiyalarni prognozlashni dolzarb masalaga aylantirmoqda. Mashinaviy o‘qitish algoritmlari tasniflash va klasterlashda yuqori aniqlikni ta’minlasa, chuqur o‘rganish murakkab bog‘lanishlarni anglashda ustunlik qiladi. Bashorat modellaridan foydalanish esa turli sohalarda xavflarni kamaytirish va qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydi. Tadqiqot natijalari intellektual tahlil usullarini kompleks qo‘llash katta ma’lumotlardan yanada samarali va ishonchli xulosalar olish imkonini berishini ko‘rsatdi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.