Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 11-son (2024) · 43–50-betlar
AHOLI ORASIDA GEPATIT BILAN KASALLANISHINI KAMAYTIRISH BOYICHA PROFILATIK CHORALARINI TASHKIL ETISH
Ermatova, G.A., Yakubov, A.
DOI: 10.5281/zenodo.14136010 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Gepatit A virusi Markaziy Osiyoda, ayniqsa, bolalar orasida keng tarqalgan bo`lib, ushbu virus jigarning yallig`lanishiga olib kelishi mumkin va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, Markaziy Osiyoda bolalar orasida gepatit A ning tarqalishi boshqa turdagi gepatit bilan kasallangan barcha holatlarning taxminan 90 foizini tashkil qiladi. O‘zbekiston gepatit A ning endemik jihatidan o‘rta hududlarga kiradi, biroq ayrim hududlarda kasallanish darajasi sezilarli darajada farq qiladi va mamlakatning turli hududlarida 100 ming aholiga 9 tadan 210 tagacha to‘g‘ri keladi. Maqolada gepatit A qo‘zg‘atuvchisi – virusning va gepatit A epidemiologiyasining xususiyatlari atroflicha yoritilgan, Farg‘ona viloyatining ayrim hududlarida gepatit A ning tarqalishi o‘rganilgan. Shuningdek, kasallikni kamaytirish uchun gepatit A ga qarshi emlashni milliy profilaktik emlashlar taqvimiga kiritish zarurligini asoslaydi.
Gepatit, virus, kasallanish ko`rsatkichi, epidemiologik tekshiruv, yuqumli kasallik, tarqalish, muloqot, ichimlik suvi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.