Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 11-son (2024) · 56–62-betlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TIBBIYOT AMALIYOTDA FOYDALANISH UCHUN RUXSAT BERILGAN SURGI DORI VOSITALARNING TAHLILI

Ganiyev, A.K., Nabixonova, R., Abdullaeva, X.K.

DOI: 10.5281/zenodo.14136476 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etilgan dori vositalarining soni, 2024-yil sentabr holatiga ko‘ra, 9703 tani tashkil etadi. Shulardan 2966 tasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 1459 tasi MDH davlatlari va 5178 tasi xorijiy davlatlari hissasiga to’g’ri keladi. Surgi vositalari esa dorilar assortimentining atigi 66 tasini (dorilar umumiy sonining 0,68%) tashkil etib, shulardan 42 tasi (64% atrofida) mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 8 tasi MDH davlatlari va 16 tasi xorijiy davlatlari hissasiga to’g’ri keladi. Ushbu maqolada surgi vositalarining xalqaro nomlari, dori shakllari, dozalari, ishlab chiqaruvchilari va dori vositalarini tarqatish shartlari bo'yicha kontent tahlil natijalari keltirilgan.

Dori vositalari, dorivor o’simlik, assortiment, surgi dorilar, dori shakllari, dozalash , dori ishlab chiqarish, kontent tahlil.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.