Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 12-son (2024) · 7–14-betlar

COVID-19 NING HOMILADORLIKNING TURLI GESTATSION DAVRLARIGA TAʻSIRI VA PROFILAKTIKA CHORALARI

Rajapova, G.F., Muminova, Z.A.

DOI: 10.70413/ejmns-v04-i12-p2-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

COVID-19 pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash tizimlariga, ayniqsa, akusherlik va ginekologiya sohalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. SARS-CoV-2 bilan infeksiyalangan homilador ayollar gestatsiya davriga qarab o‘zgaruvchi asoratlar xavfiga duch keladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi COVID-19ning homiladorlikning turli gestatsion davrlariga ta’sirini tahlil qilish va har bir trimestga mos profilaktika choralarini taklif etishdan iborat. 2020–2023-yillarda COVID-19 bilan infeksiyalangan homilador ayollarning tibbiy ma’lumotlari retrospektiv tahlil qilindi. Natijalar homiladorlikning har bir trimestrida turli asoratlar xavfini aniqlab, trimestga xos profilaktika choralarini ishlab chiqish zarurligini tasdiqlaydi. Birinchi trimestrda homiladorlikni to‘xtatish va yallig‘lanish jarayonlari asosiy xavflar hisoblanadi, ikkinchi trimestrda preeklampsiya va gestatsion gipertenziya xavfi yuqori. Uchinchi trimestrda esa og‘ir respirator asoratlar va muddatidan oldin tug‘ruq xavfi yuqori bo‘ladi. Ushbu tadqiqot natijalari COVID-19 bilan bog‘liq asoratlarning oldini olish va davolash uchun maxsus tibbiy protokollarni takomillashtirish uchun muhim manba hisoblanadi.

COVID-19 va homiladorlik, infeksiya ta’siri, birinchi trimestr, ikkinchi trimestr, uchinchi trimestr.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.