Eurasian Journal of Academic Research 3-jild Special-son (2023) · 221–230-betlar

TALABALAR KONTINGENTIDA AKKULTURATSIYA JARAYONIDAGI ETNIK IDENTIKLIK VA QADRIYATLARNING DIFFERENSIALLASHUVI MUAMMOLARINING ETNOPSIXOLOGIK PREDIKTORLARI

qizi, Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon

DOI: 10.5281/zenodo.7931652 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Bugungi globallashuv jarayonida har qaysi mustaqil davlat, har bir millat oldida oʻz madaniyati, urf-odat, an’analarini asrab-avaylash, uni oʻzidan keyingi avlod vakillariga yetkazish masalasi bilan bir qatorda oʻzga xalq, davlat fuqarolarining madaniyati, urf-odat va qadriyatlariga hurmat bajo keltirish, ularga doʻstona munosabatda boʻlish masalasi ham oʻz dolzarbligini saqlab qolmoqda. Mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari oldida kasbiy muammolarni hal eta oladigan, yangi ijtimoiy-madaniy sharoitlarga tez moslasha oladigan, turli madaniyat vakillari bilan hamkorlik qiladigan, oʻz faoliyatini ular bilan muvofiqlashtira oladigan malakali va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash zarurati tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Maqolada talabalar jamoasida akkulturatsiya jarayonidagi etnik identiklik va qadriyatlarning differensiallashuvi muammolarining etnopsixologik prediktorlarini tadqiq etishga doir empirik izlanishlarning natijalari tahlil qilinadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.