Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 2-son (2024) · 42–43-betlar

KOSMETIK GEL TARKIBI VA TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Aripova, N.X.

DOI: 10.5281/zenodo.10678116 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mamlakatimiz hududida o‘sadigan Hypéricum perforátum o‘simligidan suyuq ekstrakt olinib u asosida kosmetik gel tayyorlandi. Asos sifatida turli gel hosil qiluvchi asoslar metilsellyuloza, jelatina, agar-agar, aerosillardan foydalanildi. Gel tarkibiga dalachoy suyuq ekstrakti, tozalangan suv, glitserin, rezorsin, levomitsetin, salitsil kislotasi, bor kislotasi qo‘shib tayyorlandi. Olingan gellarni sifati  24 soatdan keyin organoleptik va fizik-kimyoviy  ko‘rsatkichlari bo‘yicha MTH asosida (GOST-29189-91) baholandi. Bunda tashqi ko‘rinishi, rangi, kolloid turg‘unligi, termoturg‘unligi, suvli eritmasining pH ko‘rsatkichi va surtiluvchanligi o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra metilsellyuloza asosida tayyorlangan gel talabga javob berdi.

Hypéricum perforátum suyuq ekstrakti, kosmetik gel, teri, kolloid turg‘unlik, termoturg‘unlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.