Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 10-son (2025) · 227–238-betlar
SABZAVOTLARNI SAQLASHDA ISHLATILADIGAN KIMYOVIY PREPARATLARNING OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TIZIMIGA TA'SIRI
Nomozbek, Eshdavlatov, Obidjon, Abduraxmanov, Dilmurod, Xakimov
DOI: 10.5281/zenodo.17432926 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada sabzavotlarni saqlash jarayonida qo‘llaniladigan kimyoviy preparatlarning oziq-ovqat xavfsizligi tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Saqlashda keng uchraydigan moddalarning (antimikrob va antifungal vositalar, konservantlar, etilen-ingibitorlari, oksidlovchi moddalardan foydalanuvchi texnologiyalar) qo‘llanish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kimyoviy, mikrobiologik hamda organoleptik o‘zgarishlar tizimli ravishda baholanadi. Tadqiqot yondashuvi ISO 22000 talablariga mos ravishda xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish bosqichlarini o‘z ichiga oladi; Codex Alimentarius tavsiyalari va milliy me’yoriy hujjatlar (O‘zDSt) asosida ruxsat etilgan maksimal qoldiq miqdorlari, nazorat nuqtalari, kuzatuvchanlik va verifikatsiya mexanizmlari yoritiladi. Maqolada kimyoviy preparatlarning qoldiq miqdorlari, nitrat va og‘ir metallarning potensial kumulyatsiyasi, shuningdek foydali bioyog‘lar, vitaminlar va antioksidantlar saqlanishiga ta’siri bo‘yicha metodik yondashuvlar (xromatografik va spektral tahlillar, mikrobiologik ko‘rsatkichlar) taqdim etiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.