Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 10-son (2025) · 51–64-betlar
XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA FITOSANITAR XAVFLARNI TAHLIL QILISH
Sanjarbek, Ibroximov, Nurillo, Nematov, Dilmurod, Xakimov
DOI: 10.5281/zenodo.17499578 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada fitosanitar xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar tahlil qilinadi. O‘simliklar salomatligiga tahdid soluvchi zararkunandalar, kasallik qo‘zg‘atuvchilar va invaziv begona o‘tlarning tarqalish omillari, ularning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Xalqaro fitosanitar xavf tahlili (PRA) standartlari va milliy karantin choralarining samaradorligi misolida metodologik yondashuvlar yoritiladi. Tadqiqot natijalari o‘z vaqtida va to‘g‘ri baholangan fitosanitar xavf choralarini qo‘llash orqali hududiy va xalqaro miqyosda o‘simliklar salomatligini saqlash, hosildorlikni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.