Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 11-son (2025) · 68–73-betlar

REKLAMA VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA SKRIPTONIMLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Nigora, Erkinova

DOI: 10.5281/zenodo.17649238 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqola reklama va ommaviy axborot vositalarida (OAV) qoʻllaniladigan skriptonimlarning lingvosemantik va funksional xususiyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Skriptonimlar zamonaviy kommunikatsiyaning faol qismi sifatida oʻrganiladi. Tadqiqotda skriptonimlarning semantik samaradorligi ularning kognitiv tushunarliligi (leksik, fonetik va morfologik asosni tez dekodlash imkoniyati) bilan bevosita bogʻliqligi isbotlangan. Shuningdek, leksik va mahsuldor morfemik andozalarga asoslangan nomlar iste'molchi tomonidan tezroq qabul qilinishi, aksincha, til tizimiga mos kelmagan sun'iy neologizmlar esa kognitiv mos kelmaslik hodisasini keltirib chiqarishi koʻrsatilgan. Maqolada skriptonimlarning identifikatsiyalash, integratsiya, nazorat va mnemonik kabi ijtimoiy-kommunikativ funksiyalari hamda ularning reklama maydonidagi uch asosiy koʻrinishi tahlil qilinadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.