Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 12-son (2025) · 33–36-betlar

SO'FI OLLOYORNING "SABOT UL-OJIZIN"ASARIDA ISHQ TAFSIFI

Olmaxon, Hamroyeva

DOI: 10.5281/zenodo.17863805 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” asarida ishqning badiiy-falsafiy talqini tahlil qilinadi. Asarda ishqning ma’naviy kamolotga eltuvchi kuch sifatida talqin etilishi, tasavvufiy ma’no qatlamlari, shuningdek oshiq va ma’shuq o‘rtasidagi ruhiy aloqaning ramziy ifodasi ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Muallifning ishqni nafsni poklovchi, insonni Haqqa yaqinlashtiruvchi ilohiy ne’mat sifatida ko‘rsatishi asarning asosiy g‘oyaviy yo‘nalishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida matndagi poetik unsurlar, ruboiy va hikmatlarda namoyon bo‘lgan ma’no uyg‘unligi hamda So‘fi Olloyor dunyoqarashining o‘ziga xosligi ilmiy asosda tahlil etiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.