Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 12-son (2025) · 102–105-betlar

BUGUNGI KUNDA MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN SAMARADORLIK

Nasiba, Madreymova

DOI: 10.5281/zenodo.17938813 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati va ularning amaliy samaradorligi tahlil qilingan. Xususan, sohani boshqarishning innovatsion mexanizmlari, madaniy muassasalarni raqamlashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda kadrlar tayyorlash tizimidagi o‘zgarishlar  yoritilgan. Shuningdek, milliy madaniy merosni xalqaro miqyosda targ‘ib etish va kreativ iqtisodiyot elementlarini joriy etish orqali erishilayotgan iqtisodiy va ma’naviy natijalar ilmiy asosda ochib berilgan.Bugungi kunda Yurtimizda  madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning samaradorligi, innovatsion yondashuvlar, yoshlarning ma’naviy-estetik tarbiyasiga ta’siri hamda xalqaro hamkorlikning rivojlanishiga oid ilmiy tahlillar yoritiladi. Tadqiqot davomida tahliliy, qiyosiy va tizimli yondashuvlardan foydalanilgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.