Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 12-son (2025) · 112–115-betlar

BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA HISSIY INTELLEKT OMILINING ROLI

Dinara, Abdramanova

DOI: 10.5281/zenodo.17939049 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirish jarayonida hissiy intellekt (EQ) omilining ahamiyati ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda hissiy intellektning tarkibiy qismlari — emotsiyalarni anglash, boshqarish, motivatsiya, empatiya va ijtimoiy ko‘nikmalar — o‘quvchining matnni qabul qilish, tushunish va baholash jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. EQ darajasi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar matn mazmunidagi hissiy holatlarni chuqurroq anglay olishi, badiiy obrazlarni tasavvur qilishda faolroq bo‘lishi hamda matnni tahlil qilishda yuqori natijalar ko‘rsatishi aniqlanadi. Shuningdek, o‘qituvchi tomonidan emotsional qo‘llab-quvvatlangan o‘quv muhitini yaratish, qahramonlarning hissiyotlarini tahlil qilish, rolda o‘qish, refleksiya mashqlari kabi metodlarning o‘qish savodxonligi va EQ rivojiga ijobiy ta’siri ko‘rsatiladi. Maqola yakunida o‘qish savodxonligi va hissiy intellektning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga doir amaliy tavsiyalar beriladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.