Eurasian Journal of Academic Research 6-jild 1-son (2026) · 36–40-betlar
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA INNOVATSION SALOHIYATNI OSHIRISH MEXANIZMLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Shaxnozaxon, Baxridinova
DOI: 10.5281/zenodo.18160725 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarida innovatsion salohiyatni oshirish mexanizmlarining iqtisodiy samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqot jarayonida innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalari, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda inson kapitalini rivojlantirish omillarining kichik biznes subyektlari faoliyatiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, innovatsion salohiyatni oshirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish, mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash hamda bozor ulushini kengaytirish imkoniyatlari yoritib beriladi. Maqolada kichik biznesda innovatsion mexanizmlarning iqtisodiy samaradorligini baholash mezonlari aniqlanib, ularni amaliyotga joriy etish natijasida erishiladigan ijobiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar asoslab beriladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.