Eurasian Journal of Academic Research 6-jild 2-son (2026) · 193–203-betlar
BOZOR IQTISODIYOTIDA MET ROLOGIYA: ADOLATLI SAVDO VA RAQOBAT MUHITI ASOSI
Rustam, Xamraqulov, Naima, Xamraqulova, Shaxzoda, Zokirova
DOI: 10.5281/zenodo.18711474 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida metrologiyaning o‘rni va ahamiyati, uning adolatli savdo muhitini shakllantirish hamda sog‘lom raqobatni ta’minlashdagi roli tahlil qilinadi. O‘lchashlar birliligini ta’minlash, o‘lchash vositalarining ishonchliligi va metrologik kuzatuvchanlikni yo‘lga qo‘yish savdo-sotiq jarayonlarida iste’molchi huquqlarini himoya qilishning muhim omili sifatida asoslab beriladi. Shuningdek, savdo amaliyotida metrologik talablarning buzilishi iqtisodiy yo‘qotishlar, bozorda ishonchning pasayishi hamda raqobat muhitining buzilishiga olib kelishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada metrologik nazorat va tekshiruvlarning bozor mexanizmlarini barqaror ishlashini ta’minlashdagi ahamiyati yoritilib, savdo tizimida o‘lchash aniqligini oshirish orqali iqtisodiy shaffoflikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.