Eurasian Journal of Academic Research 6-jild 3-son (2026) · 235–238-betlar

OROLBO'YI O'TLOQLI-ALLUVIAL TUPROQLARIDA ATRIPLEX TURLARINI YETISHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI VA AGROTEXNOLOGIK TIZIMI

Baxtiyar, Babaniyazov

DOI: 10.5281/zenodo.19397436 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada Orolbo‘yi hududining o‘tloqli-alluvial tuproqlarida Atriplex turlarini yetishtirishning ilmiy asoslari va agrotexnologik tizimi chuqur tahlil qilinadi. Xususan, hududning tuproq-iqlim sharoitlari, sho‘rlanish darajasi va ekologik muammolari hisobga olingan holda Atriplex o‘simligining biologik va fiziologik xususiyatlari yoritiladi. Shu bilan birga, ekish muddatlari, sug‘orish rejimlari va o‘g‘itlash tizimining o‘simlik rivojlanishi hamda hosildorligiga ta’siri asoslab beriladi. Natijada, Atriplex o‘simligi sho‘rlangan tuproqlarda barqaror hosil beruvchi, resurs tejamkor va ekologik jihatdan samarali ekin sifatida baholanadi. Shuningdek, uning degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va chorvachilik uchun yem-xashak bazasini mustahkamlashdagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.