Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture 2-jild 12-son (2022) · 102–108-betlar

TA’LIM MUASSASALARIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI HUQUQIY TA’LIM VA TARBIYA

Sadriddinov, Abrorjon

DOI: 10.5281/zenodo.7329130 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Demokratik huquqiy davlat hamda kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida yurtimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish sohalaridagi keng ko’lamli amaliy tadbirlar bugungi kunda o’zining yuksak cho’qqisiga ko’tarilmoqda. Ammo jamiyatimizdagi korrupsiya illatining turli ko‘rinishlarda saqlanib qolayotganligi Vatanimiz taraqqiyotining tezligiga g‘ov bo‘lmoqda. Jamiyatning turli sohalarida ushbu illat ko’rinishlarini mavjud bo’lishi, unga qarshi kurashishning rang-barang shakllarini tahlil qilishni talab qiladi. Xususan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiyaga asosiy e’tiborni qaratish lozimdir.

Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, kuchli demokratik institutlar, adolat tuyg’usi, “Yangi O’zbekiston – yangicha dunyoqarash”, Korrupsiyani qabul qilish indeksi, muammoli ta’lim, loyihaga asoslangan ta’lim, mehnatga asoslangan ta’lim, korrupsiyaga qarshi qaratilgan video materiallar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.