Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture 2-jild 12-son (2022) · 305–310-betlar

MAMLAKATNI TASHQI SIYOSAT SIMULYAKRLARINING AGRESSIV TA’SIRIDAN HIMOYA QILISH STRATEGIYASI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)

Sharipov, Marat, Sharofov, Jasur

DOI: 10.5281/zenodo.7386588 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqola simulyakr – davlatning tashqi siyosatida uning agressiv ta’siridan qanday himoyalanish mumkinligi haqida. Agar biror davlat tashqi munosabatlarda ro‘y berayotgan aktual muammolarga aniq pozitsiyasidan kelib chiqib, siyosiy uydirmadan tarkib topgan simulyakrga qarshi kurashishi uchun strategiya ishlab chiqmagan bo’lsa, bu o’sha hukumatning tashqi siyosatidagi xatolaridan biri bo’ladi. Maqolada misol tariqasida, 2022-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (O‘zbekiston tarkibidagi avtonom maqomdagi Respublika)da ro‘y bergan konstitutsion o‘zgarishlar fonida kelib chiqqan norozilik kayfiyatidagi voqealar olingan. 

Simulyakr, strategiya, tashqi siyosat, konstitutsion islohotlar, O’zbekiston hukumati, Qoraqalpog’iston Respublikasi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.