Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture 2-jild 13-son (2022) · 121–128-betlar
O’ZBEK ADABIY TILI SAVODXONLIGI TA’LIMIDA “BEHBUDIY TAJRIBASI”
Shermatova, Oydina, Sadriddinov, Abrorjon
DOI: 10.5281/zenodo.7440947 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Milliy tafakkurning shakllanishi hamda milliy ruhga singib borishi bevosita milliy tilning taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. “Turkiston jadidlarining otasi” deya e’tirof etilgan Mahmudxoʻja Behbudiyning bosh maqsadi va orzusi – Turkiston o’lkasi va xalqini qaramlik tanazzulidan olib chiqish, o’lkani dunyoning rivojlangan va yetakchi mamlakatlari qatoriga ko’tarish, milliy madaniyatni butun jahon ommasiga tanitishdan iborat edi. Uning asarlarida ko‘tarilgan har bir masala va yechilishi lozim bo‘lgan muammolar bugungi kunda ham bir necha o’rinlarda o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Maktab darsliklarida Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodi bilan tanishtirish va umr bosqichlaridagi eng muhim jihatlarga e’tibor qaratish inobatga olingan. Ushbu maqolada o’zbek adabiy tilining shakllanishi, milliy til me’yorlari va umumelat tilining jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni borasidagi allomaning fikr-mulohazalari tahlil etildi hamda o’ziga xos “Behbudiy tajribasi” o’rganildi.
Behbudiy, ta’lim va til islohoti, o’zbek adabiy tili, o’zbek tili savodxonligi, jadidchilik harakati, “Oyina”, “Ikki emas, to‘rt til lozim”, “Har millat o‘z tili ila faxr etar”, “Til masalasi”, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, oʻquvchiga yo’naltirilgan ta’lim, tanqidiy fikrlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.