Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 2-son (2024) · 221–223-betlar

JENSHEN (PANAX GINSENG C.A.MEYER ) O’SIMLIGI ILDIZIDAN OLINGAN QURUQ EKSTRAKTNING NAM TORTISH XOSSASINI O’RGANISH

Toyirova, M.J., Raximova, O.R.

DOI: 10.70413/ejmns-v04-i02-ps-089 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Dorivor o'simliklardan turli xil kasalliklarni davolashda foydalanish an'analari minglab yillar davomida shakllangan. Hozirgi vaqtda kimyo va biotexnologiyaning yutuqlariga qaramay, o'simlik xom ashyosidan olingan dorilarga bo‘lgan ehtiyoj yil sayin oshib bormoqda. O'simlik xom ashyosidan olingan preparatlarni terapevtik ta'sirining o'ziga xos xususiyati shundaki, u kimyoviy sintez natijasida olingan dorilar kabi terapevtik ta'sirni tez va aniq yuzaga chiqara olmaydi. Ammo tabiiy biologik faol moddalarni o'z ichiga olgan dori preparatlar, sintetiklardan farqli o'laroq allergiya keltirib chiqarmaydi, kam zaharliligi bilan organizmga yumshoq ta'sir ko'rsatadi va uzoq muddat foydalanish mumkin. Bularni inobatga olgan holda, jenshen o‘simligining ildizidan olingan quruq ekstrakt asosida organizmning umumiy tonusini oshiruvchi, markaziy asab tizimiga faol ta'sir etuvchi, jismoniy va ruhiy charchoqni kamaytiruvchi va ishtahani yaxshilovchi tabletka dori shaklini yaratish lozim deb topildi.  Jenshen (Panax ginseng C.A.Meyer) ildizining oxirgi bir necha o’n yilliklarda  immunintetni yaxshilovchi, kuch va jinsiy moyillikni oshiruvchi, yurak qon-tomir, qandli diabet va nevrologik kasalliklarga qarshi kurashuvchi ta’sirlari bilan birga antioksidant hamda saratonga qarshi ta’sirlari asosiy va klinik tadqiqotlarda o’rganilgan [1].

quruq ekstrakt, jenshen tabletkasi, nam tortish xossasi, nisbiy namlik, turg’unlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.