Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture 3-jild 3-son (2023) · 31–36-betlar
O‘ZBEK TILINING LEKSIK ZAXIRASI VA O‘ZLASHGAN QATLAM
Boymirzayev, Akbarali
DOI: 10.5281/zenodo.7703577 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
O‘zbek tilining leksik zaxirasi tushunchasi o‘z ichiga o‘z qatlam leksikasi bilan birga o‘zlashgan qatlamni qamrab oladi. Chunki xalq o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida mazkur leksikadan ehtiyojiga yarasha foydalangan va bu so‘zlar tilimizning boyligiga aylanib ulgurgan. Bugungi kunda ba’zi qarashlarda tilning sofligini saqlash uchun o‘zlashgan qatlam so‘zlari o‘rniga muqobil so‘zni ijod qilish haqida fikrlar bor. Shuningdek, bu imkonsiz ekanini ta’kidlovchilar ham yo‘q emas. Tilga insonning o‘zbilarmonlarcha aralashuvi ko‘pincha ijobiy emas, salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada o‘zbek tilining leksik zaxirasi va unda o‘zlashma birliklarning ahamiyati aks ettirilgan. Shuningdek, bu birliklardan voz kechishning imkonsizligi va hozirgi muhim masala – endigi o‘zlashayotgan birliklarga munosib javob qaytarish masalasi ilgari surilgan.
Leksika, leksik zaxira, o‘z qatlam, o‘zlashgan qatlam, leksema, izohli lug‘at, lisoniy birliklar, so‘zshakl, grammatik shakl.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.