Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture 3-jild 4-son (2023) · 133–136-betlar
JAMIYATIMIZDA KO’RISHDA NUQSONIGA EGA BOLALARNING PSIXOLOGIK RIVOJLANISHI
Toshpo’latov, Abdulaziz, Jo’raboyev, Jo’rabek
Annotatsiya
Ushbu maqola orqali biz jamiyatimizdagi turli xil nuqsonlarga ega, imkoniyati cheklangan shaxslarning psixik jarayoni hamda muammolarini o’rganish orqali ularni ijtimoiy hayotga maqsadli va to’gri yo’naltirish, ulardagi minimum imkoniyatlardan maksimum darajada foydalanish deb aytib o’tsak mubolag’a bo’lmaydi.U yoki bu voqealardagi jarayonlar sabab ruhiyatimizda sezilarli darajada o’zgarish yuz beradi, shuningdek, salomatligimizga ta'sir ko'rsatadi. Endi esa bir tasavvur qilib ko’ring xuddi shunday holatlar alohida yordamga muhtoj bo’lgan shaxslarda, ya’ni ko’zi ojizlarda, kar-soqovlar harakatida va boshqa nuqsonlarga ega bo’lgan kishilarda qay darajada shakllanadi. Ularning individual rivojlanishida oila, mahalla, do’stlar muhiti, xullas, umumiy qilib aytganda jamiyat havosi biz xohlaymizmi yo’qmi o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Kompensatsiya, psixik jarayon, individual, korreksiya, umumiy, tipik, individual, xulq-atvor, jamiyat, oila.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.