Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture 5-jild 6-son (2025) · 162–167-betlar

ARAB TILI SARF ILMINI O‘QITISHDAGI PEDAGOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI YECHISH YO‘LLARI

Eschanov, Usman

DOI: 10.5281/zenodo.15681809 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Arab tili sarf ilmini o‘qitish pedagogik jarayonda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi, jumladan, so‘z tuzilishini tushunishdagi qiyinchiliklar, sarfiy qoidalarni turli kontekstlarda qo‘llashdagi muammolar, so’zlashuv tili va adabiy tillarni aralashtirib yuborish, shuningdek, o‘quvchilarda motivatsiya yetishmasligi. Ushbu maqola ushbu muammolarni pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilish va ularga amaliy yechimlar taklif qilishga qaratilgan. Tadqiqot adabiyot tahlili va 60 nafar arab tili o‘quvchisi ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, interaktiv o‘qitish usullari, amaliy mashqlar va motivatsiyani oshirish strategiyalari o‘quv samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaydi. Maqola arab tili o‘qituvchilari, pedagog-tadqiqotchilar va ta’lim sohasi mutaxassislari uchun uslubiy tavsiyalar taqdim etadi.

Arab tili, sarf ilmi, pedagogik muammolar, interaktiv o‘qitish, motivatsiya, til ta’limi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.