Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture 5-jild 10-son (2025) · 63–66-betlar

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA O'QUVCHILARNING NUTQIY VA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNING IJTIMOIY-MADANIY AHAMIYATI

Shohsanam, Baxromova

DOI: 10.5281/zenodo.17331444 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim davrida nutqiy kompetensiyani shakllantirishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Nutqiy kompetensiya o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqni to‘g‘ri, izchil va mazmunli ifodalay olish qobiliyati sifatida izohlangan. Tadqiqot metodlari sifatida nazariy tahlil, qiyosiy tahlil, pedagogik kuzatuv va ilmiy umumlashtirishdan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, konstruktivizm, kommunikativ yondashuv, kompetensiyalar asosida o‘qitish hamda faoliyatga asoslangan yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani shakllantirishning samarali mexanizmlaridan hisoblanadi. Muhokama jarayonida mazkur yondashuvlarning an’anaviy metodlardan ustun jihatlari yoritilib, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berildi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.