Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture 6-jild 6-son (2026) · 51–59-betlar

ARAB TILI SARF ILMINI O‘QITISH BO‘YICHA JAHON TAJRIBASI: MALAYZIYA, INDONEZIYA, TURKIYA VA POKISTON MISOLIDA

Eschanov, Usman

DOI: 10.5281/zenodo.20718313 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada arab tili sarf ilmini o‘qitish bo‘yicha Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Pokiston davlatlarining ilg‘or tajribalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ushbu mamlakatlarda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodikalar, raqamli platformalar va dasturiy ta’minotlar (xususan, Malayziyaning i-Saraf platformasi, Indoneziyaning “Sorfup” AI-game va geymifikatsiyalangan o‘quv mahsulotlari) batafsil o‘rganilgan. Maqolada, shuningdek, Turkiyada qo‘llanilayotgan an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarning qiyosiy tahlili, Pokiston tajribasidagi kollaborativ texnologiyalar tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Malayziya va Indoneziya modellari eng samarali bo‘lib, ularning O‘zbekiston ta’lim tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari asoslab berilgan. Maqola yakunida O‘zbekiston uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

Arab tili sarf ilmi, morfologiya, i-Saraf, geymifikatsiya, sun’iy intellekt, ADDIE modeli, ta’lim texnologiyalari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.