Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture 6-jild 6-son (2026) · 100–106-betlar
TALABALARDA TANQIDIY FIKRLASH VA MUSTAQIL QAROR QABUL QILISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Turaqulov, Bo'ri
DOI: 10.5281/zenodo.20773568 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida tanqidiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish jarayonlarining psixologik xususiyatlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Tadqiqotda talabalarning kognitiv faolligi, refleksiv qobiliyatlari, motivatsion xususiyatlari va ijtimoiy-psixologik omillarning mustaqil qaror qabul qilish jarayoniga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar tanqidiy fikrlash darajasi yuqori bo‘lgan talabalar muammoli vaziyatlarda maqbul qarorlarni qabul qilishga ko‘proq moyillik bildirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, tanqidiy fikrlashning shakllanishida ta’lim muhiti, pedagogik yondashuvlar va shaxsning individual xususiyatlari muhim omil sifatida namoyon bo‘lishi aniqlandi.
Tanqidiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, talaba shaxsi, kognitiv jarayonlar, refleksiya, motivatsiya, psixologik xususiyatlar, oliy ta’lim, ijodiy tafakkur
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.