Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 5-son (2024) · 243–248-betlar
O‘PKA EXINOKOKKOZIDA OPTIMAL JARROXLIK TAKTIKASI
Baysariev, Shovkat, Murtazaev, Zafar
DOI: 10.5281/zenodo.11352020 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Biz o‘pka эxinokokkozi bilan kasallangan 132 nafar bemorning (shulardan 86 nafari asoratlanmagan va 46 nafar asoratlangan o‘pka exinokokkozi bilan kasallangan bemorlar) jarrohlik davolash natijalari tahlilini taqdim etamiz. Shularning 118 (90,28%) nafarida operatsiyalar minimal invaziv yo‘l amalga oshirildi. Asoratlanmagan o‘pka exinokokkoz bilan, operatsiya rejalashtirilgan 16 bemorni, faqat 14 (87,5%) nafarida troakar bilan qilingan teshiklar orqali sof torakoskopik usulda exinokokkektomiya bajarish imkoni bo‘ldi. 61 holatda esa mini-kirishlar yordamida videotorakoskopik exinokokkektomiya amalga oshirildi. Kistalarning ikki tomonlama lokalizatsiyasi aniqlangan 7 (63,64%) nafar bemorda bosqichma-bosqich operatsiya qilinib kistalar olib tashlandi, 3 ta (36,36%) holatda esa - bir vaqtning o‘zida o‘pkadan exinokokkektomiya operatsiyasi bajarildi. Asosan, bemorlarni 84 (97,67%) nafarida organlarni saqlovchi operatsiya bajarilib, o‘pkadagi qoldiq bo‘shliq tikib plastika qilishni turli xil modifikatsiyalari orqali bartaraf etildi. 2 ta (1,52%) holatda exinokokk kistasini o‘pka qirg‘oq qismida joylashuvi va pnevmotsirrozi bo‘lgan bemorlarda o‘pkani qirg‘oq qismini exinokokk kistasi bilan birga rezeksiya qilish opreratsiyasi bajarildi.
O‘pka exinokokkozi, videotorakoskopik exinokokkektomiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.