Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 5-son (2024) · 249–253-betlar

QANDLI DIABET KASALLIGIDA YIRINGLI NEKROTIK FASSIITLARNI ALOHIDA KECHISH XUSUSIYATLARI

Abdullaev, Sayfullo, Baysariev, Shovkat, Xudaynazarov, Utkir

DOI: 10.5281/zenodo.11352066 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

XXI asrning эng muhim yechimini topmagan muammolardan biri bu qandli diabetni asoratlarini davolash muammosidir. Qandli diabetning og‘ir asoratlaridan biri diabetik panja sindromidir va oyoqlarda uchraydigan gangrenalar 25-30% ni tashkil qiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotiga asosan qandli diabet kasalligi nogironlikka olib kelishda birinchi va o‘lim sur’ati bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham XXI asrni qandli diabetning noinfeksion pandemiyasi deb atalmoqda. Qandli diabetda yumshoq to‘qimalarda va diabetik panja sindromida uchraydigan yiringli-nekrotik asoratlarini davolash klinik xirurgiyaning muhim muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotimizda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining yiringli-septik bo‘limi va Samarqand Tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasining umumiy xirurgiya bazasida bo‘lgan yumshoq to‘qimalarning yiringli-nekrotik yallig‘lanish zararlanishi bilan qandli diabetga chalingan 86 nafar bemorning davolash natijalari ko‘rib chiqilgan.

Qandli diabet, yumshoq to‘qimalar infeksiyalari, yiringli nekrotik fassiit.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.