Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 5-son (2024) · 66–67-betlar
SARATON PROLIFERASIYASINI CHEKLOVCHI IMATINIB ESSINAT BIRIKMASINING SINTEZI VA FIZIK-KIMYOVIY TAHLILI
Saidov, R.R., Elmurodov, L.Q., To’ymurodova, Z.A., Sharipov, A.T.
DOI: 10.5281/zenodo.11185666 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Saraton kasalligiga 2020-yilda 18,1 mln nafar, 2023-yilda 19,5 mln nafar aholida qayd etilgan. 2040-yilga kelib kasallanish koʼrsatkichi 50,7% ga oʼsib 29,4 mln nafarga yetishi bashorat qilinmoqda Imatinib - tirozin kinaza ingibitori sifatida 2001 yilda Amerika oziq ovqat va farmasevtika idorasi (FDA) tomonidan tibbiyotda saraton kasalligini davolashga tavsiya etilgan. Uning suvda eruvchanligini ta’minlash uchun mezilat shaklidan foydalaniladi. Imatinib oluvchilarning 60% nojo’ya ta’sir sifatida shish paydo bo'ladi. Hozirgi kunda dunyo olimlari tomonidan imatinibni biosamarodorligini oshirish bo’yicha tadqiqotlar ko’lami kengaymoqda.. Essin tabiiy biosurfaktant bo’lib, so'nggi ma'lumotlarga qaraganda yallig'langan to'qimalarda qon tomirlarining o'tkazuvchanligini kamaytirishda essinning yallig'lanishga qarshi xususiyatlari aniqlangan va shu bilan shish paydo bo'lishini oldini oladi. Imatinibni yuqori biosamaradorlikka ega, difil tuzilishli, tabiiy surfaktantlar bilan yangi birikmalarini sintez qilish va tibbiyot amaliyotga joriy qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Saraton kasalligini davolashda qo’llash mumkin bo’lgan Imatinib essinat birikmasining sintezini amalga oshirish va fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.