Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences 5-jild 6-son (2025) · 30–37-betlar

KONSTITUTSIYANING TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI AMAL QILISHINI TA’MINLASH MASALALARI

Choriyev, Ulug‘bek

DOI: 10.5281/zenodo.15656947 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada Konstitutsiya normalarining amal qilishiga ko`ra turlari, Konstitutsiya normalarining to`g`ridan-to`g`ri amal qilishi prinsipining mazmuni, bu bo`yicha turli olimlar fikrlari, xorijiy amaliyotlar va ayni prinsipni amaliyotda to`liq va samarali ishlashini ta’minlash uchun amalga oshirilishi kerak bo`lgan huquqiy va tashkiliy choralar, shuningdek ushbu prinsipni amalda ishlatish bo`yicha joriy qilinishi tavsiya qilinadigan va xorijiy amaliyotda keng ishlatiladigan yangi institut, ushbu institutning mazmuni va mexanizmi, uni milliy huquqiy tizimimizga joriy qilishning asosiy maslalari tahlil qilinadi. Ushbu maqolaning dolzarbligi Konstitutsiya normalarining to`g`ridan-to`g`ri amal qilishining samarali mexanimizga erishish fuqarolarning eng asosiy huquqlari hisoblangan Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini bevosita ishlatish bilan bevosita bog`liqligidadir. Shuningdek, ayni prinsipni amalda samarali ishlashini ta’minlash orqali fuqarolarning davlatimiz huquqiy tizimiga ishonchini oshirish, davlatimizning inson huquqlarining ta’minlanganlik darajasi bo`yicha xalqaro reytinglardagi o`rnini oshirishga erishish mumkin.

Konstitutsiyaning amal qilishi, Konstitutsiya normalarining tanlangan holda amal qilinishi, Konstitutsiyaning to`g`ridan-to`g`ri amal qilishi, amparo instituti.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.