Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences 5-jild 7-son (2025) · 7–15-betlar
XORIJIY ISLOM BANKI TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA ISLOM BANKCHILIGINI JORIY ETISH AMALIYOTI TAHLILI
Sa’dullayeva, Gulnoza
DOI: 10.5281/zenodo.15827063 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada xorijiy islomiy banklar, xususan, Saudiya Arabistonining “Al Rajhi” islom banki tajribasi asosida O‘zbekistonda islom bankchiligini joriy etish imkoniyatlari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Islom moliya tizimi, ayniqsa islom bankchiligi, foiz (ribo)dan voz kechish, foyda va zararni adolatli taqsimlash, shariat qoidalariga rioya qilish kabi tamoyillari bilan moliyaviy risklarni kamaytirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda Al Rajhi bankining asosiy moliyaviy xizmatlari, institutsional tuzilmasi, bank mahsulotlari va ular orqali aholiga taqdim etilayotgan shariatga mos xizmatlar tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu tajribaning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanishi natijasida, islom bankchiligi O‘zbekiston moliya bozorida an’anaviy banklarga muqobil sifatida joriy etilishi aholi ishonchini oshirish va moliyaviy inkluzivlikni kengaytirishda muhim omil bo‘lishi mumkinligi asoslab berilgan.
Islom moliyasi, islom bankchiligi, Al Rajhi banki, shariat tamoyillari, foizsiz moliya, moliyaviy barqarorlik, risklarni taqsimlash, muqobil moliya, takafful, suquq, mudoraba, mushoraka, islomiy mikromoliya, shariatga muvofiq moliya, moliyaviy inklyuziya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.