Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences 5-jild 11-son (2025) · 6–10-betlar

KRIMINOGEN VAZIYATI MURAKKAB MAHALLALARDA JINOYATLARNING OLDINI OLISH BO'YICHA AYRIM MULOHAZALAR

Zakir, Umarov

DOI: 10.5281/zenodo.17840861 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tizimli yondashuvlar tahlil qilinadi. Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy omillar, aholining turmush tarzi, yoshlar xavf guruhlari, oilalardagi muammolar va muhit ta’sirining jinoyatchilik dinamikasiga ko‘rsatayotgan ta’siri ilmiy asosda tadqiq etilgan. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining faoliyati, jamoatchilik bilan hamkorlik, “xavfni xaritalash” usuli, individual profilaktika choralari va mahalla ichki resurslarini safarbar etishning ahamiyati yoritiladi. Maqolada murakkab kriminogen hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish borasida amaliy takliflar va innovatsion mexanizmlar ham ishlab chiqiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.