Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences 5-jild 12-son (2025) · 51–61-betlar
KONSTITUTSIYA PREAMBULASINING HUQUQIY TABIATI
Ulug'bek, Choriyev
DOI: 10.5281/zenodo.17934391 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Konstitutsiya preambulasining huquqiy tabiatini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Preambula tushunchasining tarixiy-etimologik ildizlari, uning konstitutsion tuzilmadagi o‘rni, huquqiy xususiyatlari hamda xalq irodasining ifodasi sifatidagi mohiyati ilmiy jihatdan yoritiladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasi mazmuni tahlil qilinib, preambulaning huquqiy kuchi, normativ ahamiyati va ideologik vazifalari izohlanadi. Shu bilan birga, xorijiy huquqshunoslar — Peter Häberle, David S. Law, Liav Orgad, Tom Ginsburg, Nick Foti va Daniel Rockmorelarning preambulaning turli nazariy yondashuvlariga oid qarashlari tahlil qilinadi. Ularning fikrlari asosida preambulaning huquqiy-falsafiy, ideologik va siyosiy funksiyalari o‘rganiladi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida muqaddimaga nisbatan belgilangan yuridik talablar va ularning amaliy ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, preambula nafaqat ramziy yoki siyosiy bayonot, balki Konstitutsiyaning ruhini, maqsadini va huquqiy yo‘nalishini belgilovchi huquqiy-falsafiy institut sifatida e’tirof etilishi zarur.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.