Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences 5-jild 12-son (2025) · 164–174-betlar
O'ZBEKISTON KORPORATIV SEKTORIDA ESG HISOBOTLARINING HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Rustam, Gulyamov
DOI: 10.5281/zenodo.18081849 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston korporativ sektorida ESG (Environmental, Social, Governance) hisobotlarining joriy holati, institutsional rivojlanish darajasi va istiqbollari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalqaro standartlar (GRI, IFRS S1/S2, ESRS) bilan milliy amaliyot o‘rtasidagi tafovutlar aniqlanib, davlat va xususiy sektor kesimida ESG hisobotdorligining shakllanish jarayoni solishtirma tahlil asosida baholanadi. Empirik ma’lumotlar va so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida O‘zbekistonda ESG hisobdorligining asosiy drayverlari va mavjud institutsional cheklovlari aniqlanadi. Xulosa qismida korporativ boshqaruvni takomillashtirish, shaffoflikni oshirish va xalqaro investorlar ishonchini mustahkamlash nuqtai nazaridan ESG hisobotlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.