Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences 6-jild 2-son (2026) · 137–144-betlar
KICHIK BIZNES QIYMATINI BAHOLASHNING JAHON VA O'ZBEKISTON AMALIYOTLARI XUSUSIYATLARI
Gavhar, Anorqulova
DOI: 10.5281/zenodo.18800597 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada kichik biznes qiymatini baholashga doir jahon tajribasi va O‘zbekiston amaliyotidagi yondashuvlar solishtiriladi. Kichik biznes subyektlari mulkiy qiymatini aniqlashda qo‘llaniladigan daromadlik, bozor va xarajat yondashuvlarining afzalliklari hamda cheklovlari tahlil qilingan. Jahon amaliyotida qo‘llaniladigan DCF modeli, multiplikatorlar tizimi va goodwillni baholash usullari O‘zbekiston bozorining o‘ziga xos sharoitlariga mos ravishda o‘rganilgan. Mahalliy tadbirkorlik subyektlarida moliyaviy hisobot shaffofligi, bozor narxlarining shakllanishi va aktivlar qayta baholanishidagi muammolar real misollar asosida yoritilgan. Tadqiqot yakunida kichik biznes qiymatini baholash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.