Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences 6-jild 3-son (2026) · 103–115-betlar

JINOYAT PROTSESSIDА SUDGАCHA NIZOLARNI HAL QILISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH: NAZARIYA VA AMALIYOT

Alibek, Adizov

DOI: 10.5281/zenodo.19349741 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada jinoyat protsessida sudgacha nizolarni hal qilish instituti nazariy asoslari, uning huquqiy mohiyati va amaliy ahamiyati tahlil etilgan. Xususan, jinoyat ishlarini soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish shakllari sifatida aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv (plea bargaining) va yarashuv (jabrlanuvchi bilan yarashish) mexanizmlari o‘rganilgan. O‘zbekiston milliy qonunchiligida mazkur institutlarning tartibga solinish holati (JK va JPK normalari, statistika ma’lumotlari hamda so‘nggi islohotlar) ochib berilgan. Ushbu jarayonlarning afzallik va kamchiliklari muhokama qilinib, tegishli ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlil qilingan. Muallif jinoyat-protsessual faoliyatda muqobil nizolarni hal etish usullarini keng joriy etish, aybga iqrorlik bitimi institutini takomillashtirish, shuningdek Med-Arb (mediatsiya-arbitraj) va ENE (erta neytral baholash) kabi gibrid modellar elementlarini qo‘llash yuzasidan aniq taklif va tavsiyalarni ilgari surgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.