Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences 2-jild 13-son (2022) · 29–37-betlar

O`ZBEKISTONDA KIBERXAVSIZLIK VA RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING AXBOROT JAMIYATI SHAKLLANISHIDAGI O`RNI

Abdullajonov, Davronjon, Qosimova, Gulmira

DOI: 10.5281/zenodo.7353176 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqola raqamli iqtisodiyot rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblangan kiberxavfsizlikni taʼminlash masalalariga bagʼishlangan. Kiberxavfsizlik va uning asosiy tushunchalari, axborotning kriptografik himoyasi, foydalanishni nazoratlash, tarmoq xavfsizligi, foydalanuvchanlikni ta’minlash usullari, dasturiy vositalar xavfsizligi, axborot xavfsizligi siyosati va risklarni boshqarish, kiberjinoyatchilik, kiberhuquq, kiberetika hamda inson xavfsizligini nazariy va amaliy asoslarini qо‘llanilishi, shunindek, maqolada kiberxavfsizlik boʼyicha Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar koʼrib chiqilgan. Shuningdek mamlakatimizning kiberxavfsizlik boʼyicha xalqaro global reytingdagi oʼrni qisqacha yoritilgan.

Raqamli ma`lumotlar, axborot xavfsizligi, elektron xukumat, kiberxavsizlik, tarmoq xavsizlik, dastur xavsizlik, operatsion xavsizlik, axborot tizimlari va resurslari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.