Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 6-son (2024) · 107–108-betlar

TUTQANOQ KASALLIGIDA ISHLATILADIGAN LAMOTRIDJIN DORI PREPAPATINI TIBBIYOTDA ISHLATILISHI VA TAHLILLARINI O‘RGANISH

Alimova, S.Sh., Saidkarimova, Yo.T., To’xtayeva, A.B.

DOI: 10.70413/ejmns-v04-i06-ps-054 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga asosan tutqanoq (epilepsiya) kasalligi turli xil xurujlar va hushdan ketishlar bilan nomoyon bo‘luvchi bosh miyaning surunkali kasalligi. Bu kasallikni 70 foizi 20 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi. Bu esa davolanishda ushbu preparatning keng qo‘llanilishiga va bu preparat bilan zaharlanish holatlarining kuzatilishiga sabab bo‘lmoqda. Lamotridgin keng tarqalgan klinik ta’sirlarda uyquchanlik va uyqusizlik, qusish, ko‘ngil aynishi,   bosh aylanishi va taxikardiya holatlarini keltirib chiqaradi. Kam uchraydigan asosiy klinik ta’sirlarga quyidagilar kiradi koma, tutqanoq, nafas depressiyasi,  siqilish va ko‘p organli tizimli allergik turdagi reaksiyalar kuzatilgan. [1,2].  Ushbu dorilar zamonaviy tibbiyot amaliyotida  tutqanoqqa qarshi farmakoterapiyaning asosiy qismlaridan bo‘lib qolmoqda. Shu sababli ham davlatimizga hozirgi kunda ilm-fan, texnika, kimyo sanoatini rivojlanishi bilan bir qatorda ko’p chet mamlakatlardan turli guruhlarga mansub turli-tuman sintetik preparatlar tibbiyot sohasiga kirib kelmoqda. Bunday preparatlar organizmda paydo bo‘lgan patologik jarayonni normal holatga keltirish bilan bir qatorda, ayrim hollarda me’yoridan ortiq qo‘llash natijasida yoki organizmida kumulyasiyalanishi natijasida kuchli zaharlanish holatlariga olib kelish sabablari ro’y bermoqda [4]. Tutqanoqqa qarshi dori prepatlaridan gabapentin, lomotridjin, va boshqa  dorilari keng ishlatilib kelinmoqda.  

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.