Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 6-son (2024) · 165–166-betlar

PESHOBDAN AJRATIB OLINGAN INDAPAMIDNI TAHLILI

Aminova, B ., Abdullabekova, N.A.

DOI: 10.5281/zenodo.12605510 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Indapamid dori vositasi kimyoviy tuzilishiga ko‘ra notiazid sulfonamid hosilalari guruhiga kiradi va indol halqasini saqlaydi. Tibbiyotda Indap, Arifon retard, Arifon, Akuter-Sanovel, Velpamid nomi bilan diuretik vosita sifatida ishlatiladi. Farmakologik xususiyatlari bo‘yicha u tiazid diuretiklarga yaqin. Qobiqlangan tabletkadan indapamid sekin ajralib chiqadi va me’da-ichak yo‘llarida tez va to‘liq so‘riladi. Peshob haydovchi dorilarni faqat shifikor ko`rstmasiga ko`ra qo`llash lozim, chunki bu dorilarning bir qancha nojo`ya ta`sirlari mavjud. Adabiyotlardan olingan ma’lumotlarda undan keng ko‘lamda qo‘llanilishi oqibatida zaharlanish holatlari kuzatilganligi va kimyo-toksikologik jihatdan yetarli o‘rganilmaganligi aniqlangan. Indapamidni zaharlilik darajasini inobatga olib, u bilan o`tkir zaharlanish holatlari yuz  berganda  insonlarga  tez tibbiy yordam  ko`rsatish uchun  to`g`ri tashhis qo`yish  muhim ahamiyatga ega.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.