Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences 5-jild 11-son (2025) · 29–38-betlar

PEDAGOGIK BOSHQARUV TIZIMIDA SINF RAHBARINING FUNKSIONAL MODELI: MUAMMO VA YECHIMLAR

Muxayyo, Mo'minova

DOI: 10.5281/zenodo.17718692 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada pedagogik boshqaruv tizimida sinf rahbarining funksional modeli, uning nazariy asoslari hamda amaliy faoliyat jarayonidagi muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida sinf rahbarining tarbiyaviy, tashkiliy, kommunikativ va monitoring funksiyalarining samaradorligi o‘rganilib, zamonaviy ta’lim muhitida ushbu funksiyalarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy yondashuvlar ishlab chiqildi. Shuningdek, sinf rahbarining faoliyatida uchraydigan muammolar — o‘quvchilar bilan individual ishlashning sustligi, ota-onalar bilan muloqotning yetarli emasligi, raqamli vositalardan foydalanishning pastligi kabi omillar chuqur tahlil qilindi. Maqolada ushbu muammolarni hal etish uchun innovatsion boshqaruv texnologiyalari, raqamlashtirilgan monitoring tizimlari, hamkorlik asosida tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari pedagogik boshqaruv tizimini optimallashtirish va sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.