Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences 5-jild 11-son (2025) · 39–45-betlar

SUN'IY INTELLEKT (CHATGPT, PHOTOMATH) DAVRIDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASHNING YANGICHA MEZONLARI: DIFFERENSIAL HISOB MISOLIDA

Shaxlo, Xabibullaeva, Baxromjon, Abduraxmonov, Surojiddin, Pardabayev

DOI: 10.5281/zenodo.17815968 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) vositalari, xususan, ChatGPT, Photomath va WolframAlpha kabi dasturlarning oliy ta’lim, xususan matematika o‘qitish jarayoniga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. An’anaviy baholash tizimlarining zamonaviy texnologiyalar qarshisidagi ojizligi, akademik halollik inqirozi va talabalarda tanqidiy fikrlashning pasayish xavfi yoritilgan. Maqolaning asosiy maqsadi – talabalar AI vositalaridan erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan sharoitda ularning bilimini haqqoniy baholashning yangi pedagogik mezonlari,  "AI-ga chidamli" (AI-proof) topshiriqlar va strategiyalarini ishlab chiqishdir. Tadqiqotning amaliy qismi sifatida "Funksiyaning differensiali va asosiy teoremalari (Roll, Lagranj, Koshi)" mavzusi tanlangan bo‘lib, unda har bir teorema bo‘yicha kontekstual va tahliliy topshiriqlar namunalari hamda baholash rubrikalari keltirilgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.