Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 6-son (2024) · 178–179-betlar
METFORMINNING XROMATOSPEKTROFOTOMETRIK TAHLILINI ISHLAB CHIQISH
Shokirova, S, Sultanova, A. A.
DOI: 10.5281/zenodo.12605731 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Antidiabetik preparat metformin gidroxlorid 2-toifa diabet uchun asosiy davolash sxemasi hisoblanadi va undan tashqari semizlikdan aziyat chekuvchi bemorlarda vazn yo'qotish uchun ham keng qo'llaniladi. Bu uzoq vaqt davomida foydalaniladigan dori vositasi bo`lib, tanadagi ortiqcha yog’ni asta-sekin kamaytirishga yordam beradi. Metformin gidroxloridi - parhezga qo’shimcha ravishda qo’llash tavsiya etiladi, unda iste’mol qilinadigan kaloriya miqdori asta-sekin kamayadi. So`ngi yillarda aholi o`rtasida semizlikni ko`payishi metforminga bo`lgan talabni ortishiga va tibbiyot jurnallarida metformin bergan natijalar haqidagi maqolalar ushbu dori vositasini xalq orasida o`z boshimchalik bilan keng qabul qilinishiga sabab bo`ldi. Metforminni mumkin bo`lmagan holatlarda, nomutanosib dori vositalari bilan birga qabul qilish zaharlanishlarga sabab bo`ladi [1].
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.