Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences 6-jild 5-son (2026) · 27–39-betlar

OLIY TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKTDAN SAMARALI FOYDALANISHDA PROMPT INJINIRING KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Xodjimuratova, Zuxra

DOI: 10.5281/zenodo.20528326 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Generativ sun’iy intellekt (GenSI) va yirik til modellari (LLM) ta’lim tizimida yangi pedagogik imkoniyatlarni yaratib, inson va sun’iy intellekt (SI) o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirmoqda. Biroq ushbu texnologiyalardan samarali foydalanish darajasi ko‘proq prompt injiniring (PI) kompetensiyasiga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Ushbu maqolada PI ning ta’limdagi o‘rni, uning SI savodxonligi (AI literacy) bilan integratsiyasi hamda SI yordamida ta’lim olish (AI-assisted learning) jarayonlariga ta’siri filologik ta’lim kontekstida tahlil qilinadi. Tadqiqot Oriental universitetida arab, turk, xitoy va koreys filologiyasi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 114 nafar talaba ishtirokida 3 hafta davomida o‘tkazilgan amaliy ta’limiy intervensiyaga asoslanadi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, PI tamoyillari asosida ishlash talabalarning topshiriqlarni bajarish sifatini sezilarli darajada oshirdi (65% dan 95% gacha). Tadqiqot PI ni AI literacy ning muhim tarkibiy qismi va zamonaviy ta’limda integrativ pedagogik kompetensiya sifatida talqin qilish zarurligini asoslaydi

SI savodxonligi, inson va SI orasidagi o‘zaro muloqot (human–AI interaction), SI yordamida ta’lim olish (AI-assisted learning), bosqichma-bosqich fikrlash prompt usuli (CoT).

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.