Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 114–117-betlar
TADBIRKORLIK MUHITIDA SOLIQ NAZORATI TIZIMINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Xurramov, Azizbek
DOI: 10.5281/zenodo.19815375 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Tadbirkorlik muhitida soliq nazorati va soliq ma’muriyatchiligi tizimini rivojlantirishning nazariy, institutsional va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda soliq nazoratining fiskal funksiyasi bilan bir qatorda uning tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri, raqamli xizmatlarni kengaytirish, soliq to‘lovchilar bilan hamkorlik modelini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. O‘zbekistonda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va rasmiy statistik ma’lumotlar asosida soliq nazorati tizimining amaldagi holati baholangan. Tadqiqot natijasida soliq nazorati va ma’muriyatchiligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida raqamlashtirish, differensial yondashuv, oldindan shakllantiriladigan hisobotlar, elektron ma’lumotlar almashinuvi, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.
soliq nazorati, soliq ma’muriyatchiligi, tadbirkorlik muhiti, raqamlashtirish, tavakkalchilikka asoslangan nazorat, elektron soliq xizmatlari, soliq xavfi, soliq hisobotlari, fiskal boshqaruv, tadbirkorlik subyektlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.